«daraxt kesish» tegli maqolalar


Jizzaxda 19 tup daraxt kesib tashlagan fuqaro tabiatga salkam 436 mln so‘m zarar yetkazdi
12 fevral 2025, 11:18

Jizzaxda 19 tup daraxt kesib tashlagan fuqaro tabiatga salkam 436 mln so‘m zarar yetkazdi

Zarbdor tumanidagi qabristonda fuqaro 19 tup daraxtni noqonuniy ravishda kesib tashlab, o‘simlik dunyosiga 435 mln 750 ming so‘m zarar yetkazdi. Navoiyda esa 4 tup daraxt kesgan shaxsdan 52,5 mln so‘m undirildi.

Toshkent viloyatida 4 tup shumtolni kesib tashlaganlar tabiatga 412 mln so‘m zarar yetkazdi
4 fevral 2025, 09:56

Toshkent viloyatida 4 tup shumtolni kesib tashlaganlar tabiatga 412 mln so‘m zarar yetkazdi

Yangiyo‘l tumanida ikki fuqaro 4 tup shumtol daraxtini noqonuniy ravishda kesib tashladi. Ular bu orqali tabiatga 412 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborildi.

Samarqandda fuqaro chinor daraxtini kesib, tabiatga 115 mln so‘m zarar yetkazdi
3 fevral 2025, 15:38

Samarqandda fuqaro chinor daraxtini kesib, tabiatga 115 mln so‘m zarar yetkazdi

Toyloq tumanida fuqaro o‘zi yashaydigan mahalladagi chinor daraxtini noqonuniy ravishda kesib tashladi. Oqibatda tabiatga 115 125 000 so‘m zarar yetkazdi. Bu ishda jinoyat alomatlari borligi sababli tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Samarqandda bir tup terak kesgan fuqaro 9 mln so‘m jarimaga tortildi
4 sentabr 2024, 21:33

Samarqandda bir tup terak kesgan fuqaro 9 mln so‘m jarimaga tortildi

Samarqandning Paxtachi tumanida mahallasidagi bir tup terak daraxtini o‘zboshimchalik bilan kesib tashlagan fuqaro 8,5 mln so‘m jarima va 680 ming zararni to‘laydigan bo‘ldi.

Toshkentda daraxt kesgan fuqaro 17,3 mln so‘m to‘laydigan va 100 tup ko‘chat ekadigan bo‘ldi
21 avgust 2024, 14:56 1

Toshkentda daraxt kesgan fuqaro 17,3 mln so‘m to‘laydigan va 100 tup ko‘chat ekadigan bo‘ldi

Sergeli tumanida fuqaro 1 tup mojjevelnik (archa) kesgani aniqlandi. Oqibatda tabiatga 8,8 mln so‘m zarar yetgan. Huquqbuzar jami 17 mln 340 ming so‘m tovon to‘lashi belgilandi. Kompensatsiya tarzida esa 100 tup ko‘chat ekish majburiyati yuklatildi.

Sirdaryoda 21 tup daraxt kesganlar 2 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
29 iyul 2024, 16:34

Sirdaryoda 21 tup daraxt kesganlar 2 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Sayxunobod tumanida 21 tup qayrag‘och daraxtini kesib, ularni sotgan uch kishi 2 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Qolaversa, 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar undirishi belgilandi.

Samarqandda 7 tup daraxtni kesib tashlagan shaxs 11,7 mln so‘m jarimaga tortildi
17 iyul 2024, 15:15

Samarqandda 7 tup daraxtni kesib tashlagan shaxs 11,7 mln so‘m jarimaga tortildi

Narpay tumanida 7 tup har xil turdagi mevali daraxtlarni noqonuniy tarzda kesib tashlagan fuqaro 11 mln 730 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Toshkentda tunda daraxt qo‘porib olgan shaxslar 5 sutkaga qamaldi
22 may 2024, 10:47

Toshkentda tunda daraxt qo‘porib olgan shaxslar 5 sutkaga qamaldi

Yunusobod tumanida tunda ekskavator yordamida bir tup daraxtni qo‘porib olgan ikki shaxsga sud hukmi o‘qildi. Ularga 5 sutka qamoq va jarima jazosi tayinlandi, 27,8 mln so‘m zarar undirib olindi.

Toshkent viloyatida 5 tup chinor kesganlar qamaldi
17 may 2024, 12:47

Toshkent viloyatida 5 tup chinor kesganlar qamaldi

O‘rta Chirchiq tumanida 5 nafar shaxs 5 tup chinor daraxtini kesib, bozorda sotmoqchi bo‘lgani aniqlandi. Sud ularning ikki nafariga 2 yil, uch nafariga esa 1 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Farg‘onada daraxtlarni kestirmoqchi bo‘lgan ayol janjal oqibatida vafot etdi
15 fevral 2024, 16:01

Farg‘onada daraxtlarni kestirmoqchi bo‘lgan ayol janjal oqibatida vafot etdi

Farg‘ona shahrida yer maydonidagi teraklarni kestirmoqchi bo‘lgan ayol va yerning sobiq egasi o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Oqibatda erkak tosh bilan urishi oqibatida ayol jarohat olib, shifoxonada vafot etdi. Erkak qamoqqa olindi.

Daraxt kesish holatlari davom etayotgani sabab Toshkent ekologiya boshqarmasi vakolatlari vaqtincha cheklandi
3 yanvar 2024, 16:02

Daraxt kesish holatlari davom etayotgani sabab Toshkent ekologiya boshqarmasi vakolatlari vaqtincha cheklandi

Poytaxtda moratoriy talablariga to‘liq rioya etilmayotgani va daraxt kesish holatlari davom etayotgani sabab Ekologiya vazirligi Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi rahbar va xodimlariga xizmat tekshiruvi tayinladi. Shuningdek, 1-fevralgacha boshqarma vakolatlari cheklandi.

Senat daraxt va butalarni noqonuniy kesganlik uchun jazoni kuchaytirish bo‘yicha o‘zgartirishlarni ma’qulladi
21 dekabr 2023, 12:29

Senat daraxt va butalarni noqonuniy kesganlik uchun jazoni kuchaytirish bo‘yicha o‘zgartirishlarni ma’qulladi

Senatda ma’qullangan qonunga ko‘ra, daraxtlarni noqonuniy kesgan fuqarolar 8,5 million so‘mdan 25,5 million so‘mgacha, mansabdorlar esa 17 million so‘mdan 34 million so‘mgacha jarima yoki 15 sutkalik qamoq jazosi bilan jazolanadi. 1 tup daraxt kesgan shaxs uning o‘rniga 100 tup daraxt ekishi belgilanmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting